
In'om
Edit Eva Eger
ICHKI ERKINLIKKA ERISHISH VA O'ZLIKNI ANGLASHNING 12 KALITI Hayot o'zining muqarrar jarohatlari, og'rig'i, iztiroblari hatto o'limi bilan ham bir in'omdir. Biz "inom"ni e'tiborsiz qoldirganimizda qo'rquvimiz, dil jarohatlarimiz, nomukammallik hissi, dardlarimiz asiriga aylanamiz. Edit Yeva Eger "Tanlov" kitobi chiqqanidan keyin dunyo bo'ylab minglab odamlar Edit Yeva Egerga kitob qanchalik chuqur tasir qilganini, ularni o'tmish bilan uchrashuvga o'z dardlarini davolasha ilhomlantirganini yozishgan. O'quvchilar doktor Egerdan yana bir amaliy kitob yozishni so'rashdi. "In'om" ham shunday bir qo'llanmadir. Bu kitobda Edit Yeva Eger bizni kundalik ishlarda, his-tuyg'ularda cheklaydigan, tuzoqqa ilintiradigan dunyoqarashlarimizni o'zgartirishga yo'l ko'rsatadi. Muallif o'n ikkita keng tarqalgan, erkinlikdan mahrum qiluvchi ustanovkalar shu jumladan qurbonlik sindromi, o'zini chetga olish, uyat, ayblash, afv etmaslik, qo'rquv, shuningdek ularni bartaraf qilish uchun amaliy mashqlarni taklif qiladi. "Inom" ichki hibsxonamizdan ozod bo'lishlikda, o'zlikni topish va hayotdan zavqlanib yashashda yo'ldosh bo'ladi.
Ilovada oching
O'rnatilgan bo'lsa havola to'g'ridan-to'g'ri ilovada ochiladi. Bo'lmasa, do'kondan yuklab oling.
Qog'oz nusxa
Andijon kampus
1 nusxadan 1 tasi javonda