
Internet fiqhi
Nuriddin Yildiz
Hozirda hayotimizning barcha jabhalarini qamrab olgan internet bilan hamnafas yashayapmiz. Bir tomondan bu ne’mat uchun shukr keltirsak, boshqa tomondan kechalari uyqumizni qochiradigan baloga aylanib borayotganidan andishalanamiz ham. Ammo biz chorasizlikni aslo qabul qilmaymiz. Chunki dinimiz musulmonlarni zinhor nochor holda tashlab qo‘ymaydi. Internetmi, boshqami, Islomga kirganlarning oyoq-qo‘lini bog‘lab qo‘yadigan biror musibatga aylanmasidan oldin dinimiz rahnamolari bu muammoga yechim topishlari lozim. Televizor hayotimizga kirib kelganda bu vazifani bajarishda kechikdik. Bu yangilik avlodlarimizni bizdan olib qo‘ygandan keyingina uning zararlari xususida so‘z yuritila boshlandi. Xullas, bu borada anchagina kech qoldik. Bugun internet to‘g‘risida ham shunday holga tushib qolishni istamaymiz. Bu mavzu ilmiy adabiyotlarimizga eng kamida bir bo‘lim holida kiritilsin deymiz. Misol uchun, tahorat olish haqida gap borganda internet masalasi ham tilga olinishi kerak. Xayotni to‘liq qamrab olgan mukammal dinning olimiman deydiganlar mana shunday fikrlashlari lozim.
Ilovada oching
O'rnatilgan bo'lsa havola to'g'ridan-to'g'ri ilovada ochiladi. Bo'lmasa, do'kondan yuklab oling.
Qog'oz nusxa
Andijon kampus
1 nusxadan 0 tasi javonda