TIUBookfield
Nom yoki muallif...
Meni unutma: Senga sevishni men o'rgattim

Meni unutma: Senga sevishni men o'rgattim

Hakan O'zkan

5 · 1

Men na sizni taniyman, na hikoyangizni bilaman. Lekin shunga aminmanki, bu hayot sizni ham o'z sinovlari bilan haddan tashqari ko'p sinagan bo'lsa kerak... Sizga kamtarona tavsiyam: sizga nisbatan "Nima qilsam ham, qaytganimda, baribir, qabul qiladi" kabi o'y-fikrlar bilan muomala qilishlarga zinhor yo'l qo'ymang. Sizni ardoqlamagan, yonida bo'lganingizda qadringizni bilmagan siz bilan hayot kechirishinga munosib emasdir. Kimningdir zaxirasi, ko'ngli tusagandagina keladigan insoni bo'lishga rozi bo'lganingiz uning o'zinchog'i bo'lishni qabul qilganingizdir. Qo'lingizdan kelganicha, harakat qilganingizga qaramay, bo'lmayaptimi, to'siqlarga tinimsiz duch kelyapsizmi, demakki, endi o'zingizni ortiqcha qiynamang. Shunday bo'layotganligi, albatta, siz uchun xayrlidir. Zero, shu paytgacha faqat siz kurashdingiz va bir nimalar faqat sizning harakatlaringiz tufayli yaxshi tomonga o'zgaradigan bo'lsa, xo'p yong, o'zgarmay qo'ya qolsin. Sizni tanlaganni hayotingizda olib qoling. Sizga parvo qilmaydigan insom uchun hayotingizni barbod qilmang. Qanchalik sevishingizdan qat'i nazar, uni qo'yib yuboring... Chunki uni tuzata olmasligingiz ko'rinib turibdi... O'zingiz haq bo'lgan holda, kechirim so'ragan tomon doimo siz bo'l- mang. Bilaman: uning tim-qotirgan uxlamay uchun bir nimalarni yaratishi istaysiz, lekin bu bilan har narsani oxiri berk ko'chaga kiritib qo'yasiz. O'zingizga bo'lgan hurmatingizni aslo yo'qotmasligingiz kerak. O'zini hurmat qilmaydiganni kim ham hurmat qilardi?.. Siz yanada kuchli, go'zal bo'lingki, ana o'shanda uning diqqatini tortasiz. Uning qalbga "Agarda mensiz yashay oladigan bo'lsangiz, men ham sizsiz yashay olaman" jumlasini eshittira oling, his qildira oling... Har kimning yashirin duosi bordir... Duolaringizning qabul bo'lishini tilab qolaman.

Ilovada oching

O'rnatilgan bo'lsa havola to'g'ridan-to'g'ri ilovada ochiladi. Bo'lmasa, do'kondan yuklab oling.

Qog'oz nusxa

Andijon kampus

10 nusxadan 7 tasi javonda

Sharhlar

Sharh yozish uchun tizimga kiring. Kirish
Ashiraliyeva Soliha Ikromjon qizi 5

seni hohlamahan inson uchun oʻzingni koʻp yerga urma Alloh senga km hayrli ekanligini bladi