
Muhabbat
Abdulla Qahhor
Abdulla Qahhorning ilk hikoyalar to‘plami 1932 yilda chop etilgan. Bugungacha bo‘lgan davr mobaynida o‘zbek adabiyotida, jumladan, hikoyanavislikda juda ko‘p asarlar yaratildi. Sara hikoyalar, deya e’tirof etilgan bir qancha ijod namunalari o‘quvchilar hukmiga havola etildi. Ammo Abdulla Qahhor hikoyalari yillar chig‘irig‘ini pisand etmay, hamon sevib o‘qiladi. Adib qahramonlari o‘quvchi uchun qadrdon va ardoqli. Mutolaadan keyingi tanaffusda Unsin uchun qayg‘uramiz, Turobjonning xotiniga anor ilinamiz, Qobil boboga taskin bergimiz keladi, ming bir jonli Mastura va uning vafodar eri Akromjonga havas qilamiz. Sodda va kamtar insonlar sizni suhbatga chorlaydi. Beixtiyor yana mutolaaga o‘tirasiz.
Ilovada oching
O'rnatilgan bo'lsa havola to'g'ridan-to'g'ri ilovada ochiladi. Bo'lmasa, do'kondan yuklab oling.
Qog'oz nusxa
Andijon kampus
3 nusxadan 3 tasi javonda