
Qo'zichoqlar sukunati
Tomas Harris
Amerikalik yozuvchi Tomas Harrisning "Qo'zichoqlar sukunati" o'tkir syujetli detektiv asari xalqaro bestseller hisoblanadi. Zamonaviy psixologik triller janriga oid mazkur kitob o'n sakkiz yoshdan oshgan kitobxonlarga mo'ljallangan. Voqealar rivoji o'quvchilarga yozuv jinoyatchilarning ichki olami, qarashlari, o'ziga xos jihatlarini tanitadi. Seriyali qotilliklar sodir etgan noma'lum shaxs ortidan tushgan jasur va qat'iyatli kursant qiz Kleris Starling qo'lga kiritgan dalillar yechimi va mantiqiy xulosalari, umuman olganda igna bilan quduq qazishdek murakkab izlanishlari oxir-oqibatda, o'z samarasini beradimi? Kasbi tikuvchi bo'lgan qotil erkak nega faqat ayollarni qurbon sifatida tanladi? Kursant qizning tushlariga bot-bot kirib bezovta qiluvchi, bolalikdagi ruhiy olami og'riqlaridan meros - tun zulmatidagi qo'zichoqlarning zorlanib ma'rashi bilan marham toparmikan? Asarning shiddatli, qo'rqinchli, kutilmagan burilishlarga boy zavqli mutolaasi orqali ana shu savollarga javob topishingiz mumkin.
Ilovada oching
O'rnatilgan bo'lsa havola to'g'ridan-to'g'ri ilovada ochiladi. Bo'lmasa, do'kondan yuklab oling.
Qog'oz nusxa
Andijon kampus
22 nusxadan 10 tasi javonda