
Rasyomon darvozasi
Ryunoske Akutagava
Bolaligida onasining ruhiy xastalikka chalinishi oqibatida tog'asi qaramog'ida qolgan Ryunoske Akutagavaning hayoti mashaqqatlar bilan bog'liq. Akutagava Ryunoske – yapon yozuvchisi. Oʻz asarlari bilan yapon adabiyotini jahon miqyosiga chiqishini boshlab bergan. U ijodida gʻarb va yapon adabiyoti anʼanalarini oʻzaro uygʻunlashtirib, yapon anʼanaviy tasvir va ifoda usulini yangi yoʻnalishga burgan.Inson ongining «jumboq»ligi, oldindan aytib boʻlmaslik xususiyati ifodalangan hikoyalari – «Ryosman» (1915), «Burun» (1916) unga shuhrat keltiradi. «Kuz» (1920), «Sovuq» (1924) psixologik hikoyalarida esa ijtimoiy yovuzlik dunyosida ezgulikning fojiaviy qismati aks etgan. «Suv alvastilari mamlakatida» (1927) ijtimoiy-fantastik majoziy asardir. Insonning yolgʻizligi, uning vaqt, tarix oldida ojizligi pand-nasihatdan iborat «Tentakning hayoti» (1927) nomli soʻnggi asarining mavzuidir. Yapon madaniyatida beqiyos oʻrin egallagani uchun «Akutagava» milliy mukofoti taʼsis etilgan.
Ilovada oching
O'rnatilgan bo'lsa havola to'g'ridan-to'g'ri ilovada ochiladi. Bo'lmasa, do'kondan yuklab oling.
Qog'oz nusxa
Andijon kampus
15 nusxadan 15 tasi javonda