TIUBookfield
Nom yoki muallif...
Tibbiy Atamalar (izohli lug'ati)

Tibbiy Atamalar (izohli lug'ati)

Abdukarim Usmanxodjayev

0 · 0

«Tibbiy atamalar izohli lug‘ati» hozirgi zamon tibbiyotida qo‘llaniladigan 10 000 atrofidagi klinik atamalar va tibbiy tushunchalarni o‘z ichiga olgan. U umumiy amaliyot shifokorlari, farmatsevtlar, tarjimonlar, tibbiyot muassasalari xodimlari hamda tibbiyot institutlari talabalari va kollejlari o‘qituvchilari uchun atamalar mohiyatini ruscha va lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosida o‘zlashtirishda bebaho yordam ko‘rsatadi. Lug‘atda asosiy klinik atamalar va tibbiy tushunchalar bilan bir qatorda anatomiya, fiziologiya, xirurgiya, tibbiy psixologiya, psixoterapiya, stomatologiya, biokimyo, farmakologiya, psixiatriya, epidemiologiya, hamshiralik ishi hamda sog‘liqni saqlash muassasalari va boshqa jabhalarda keng qo‘llaniladigan yangi atamalar ham o‘rin olgan. Lug‘atdagi ruscha - baynalmilal klinik atamalarning izohi o‘zbekcha - kirill va lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosida berilgan bo‘lib, u barcha shifokorlar, bakalavrlar, magistrlar, o‘qituvchi va talabalarga qulaylik tug‘diradi. Taqdim etilayotgan lug‘atning anatomiyaga oid atamalari 2009 yilda nashr qilingan «Tibbiy atamalar ensiklopedik lug‘ati»ga asoslangan holda tayyorlangan. O‘ylaymizki, ushbu noyob lug‘at orqali nafaqat tibbiyot xodimlari, balki tibbiyotga qiziqqan keng omma ham yaqin maslahatgo‘y va foydali kitobga ega bo‘ladi.

Ilovada oching

O'rnatilgan bo'lsa havola to'g'ridan-to'g'ri ilovada ochiladi. Bo'lmasa, do'kondan yuklab oling.

Qog'oz nusxa

Andijon kampus

10 nusxadan 10 tasi javonda

Sharhlar

Sharh yozish uchun tizimga kiring. Kirish
Hali sharh yo'q