
Ulug' saltanat (birinchi kitob)
Muhammad Ali
Sohibqiron Amir Temur davri va hayoti jahon tarixining eng yorqin sahifalaridan hisoblanadi. O‘zbek xalqi o‘zining ulug‘ farzandini doim qalb qatida asrab-avaylab keladi. Zabardast shoir va adib, O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Davlat mukofoti laureati Muhammad Ali ijodida Amir Temur mavzusi katta o‘rin tutadi. Mustamlaka zamonidayoq u jasorat ko‘rgizib, Sohibqironga bag‘ishlangan «Gumbazdagi nur» (1967) dostonini yozgan edi. Adibning to‘rt kitobdan iborat «Ulug‘ saltanat» roman-epopeyasi Amir Temur hayotining sal kam qirq yillik (1370–1409) davrini qamrab oladi. Qattiq izlanishlar, tadqiqotlar samarasi bo‘lgan, yigirma yil davomida(1993-2013) yozilgan «Ulug‘ saltanat» o‘zbek adabiyotida yaratilgan birinchi roman-epopeyadir. Asar Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Roman-epopeya o‘quvchilar tomonidan sevib o‘qilmoqda.
Ilovada oching
O'rnatilgan bo'lsa havola to'g'ridan-to'g'ri ilovada ochiladi. Bo'lmasa, do'kondan yuklab oling.
Qog'oz nusxa
Andijon kampus
2 nusxadan 2 tasi javonda