
YOLVORAMAN , XIYONAT QILMA
Amina SHenliko'gli
Ushbu tezisda zamonaviy turk adibasi Amina Shenlikog`lining “Yolvoraman, xiyonat qilma” asaridagi asosiy badiiy konflikt – inson tabiatidagi nafs va iymon o`rtasidagi doimiy kurash tahlil qilinadi. Ishning maqsadi – asar qahramonlarining ruhiy holati, gunohga moyillik va undan tiyilish jarayonlarini badiiy-psixologik jihatdan yoritib berishdan iborat.Muallif xiyonatni shunchaki axloqiy buzilash emas, balki insonning ilohiy fitratidan uzoqlashishishi va nafs amriga mag`lub bo`lishi sifatida talqin etadi. Tezisda asardagi voqealar rivojidagi ma`naviy poklanish bosqichlari va yozuvchining didaktik qarashlari ilmiy asoslanadi. Xulosada esa, adibaning iymon va nafs to`qnashuvi orqali kitobxonga bermoqchi bo`lgan ma`naviy yechimi hamda asarning bugungi kundagi tarbiyaviy ahamiyati ochib berilgan.
Ilovada oching
O'rnatilgan bo'lsa havola to'g'ridan-to'g'ri ilovada ochiladi. Bo'lmasa, do'kondan yuklab oling.
Qog'oz nusxa
Andijon kampus
1 nusxadan 0 tasi javonda