
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
1992 yil 8 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinishi mamlakatimiz hayotida muhim tarixiy voqea bo'ldi. Mustaqil taraqqiyot yillarida Konstitutsiyamiz yurtimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni qurish, xalqimiz uchun tinch, obod va farovon hayot barpo etish, O'zbekistonning xalqaro maydonda munosib o'rin egallashida mustahkam poydevor bo'lib xizmat qilmoqda. Asosiy Qonunimiz Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va boshqa asosiy xalqaro hujjatlar talablariga to'la mos holda, inson va fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini kafolatlab berdi. Insonning ma'naviy kamol topishi va har tomonlama uyg'un rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi
Ilovada oching
O'rnatilgan bo'lsa havola to'g'ridan-to'g'ri ilovada ochiladi. Bo'lmasa, do'kondan yuklab oling.
Qog'oz nusxa
Andijon kampus
10 nusxadan 10 tasi javonda